Bu qançalik ziddiyatli tuyulmasin, ammo, yoz faslida bino salqin bölişi uçun uning issiqlik izolyatsiyasini mustahkamlaş talab etiladi. Taşqarida havo juda issiq, uyning içi dim, konditsioner esa elektr hisoblagiçni beminnat aylantirib, töxtamasdan işlab yotibdi. Taniş holatmi? Unda uyning içidagi salqinlik qayerga yöqolmoqda?
Tom orqali 25% salqinlik yoki issiqlik parlanib çiqib ketadi. Şifer yoki profnastil quyoş nurlari ostida tez qizib, buning oqibatida tom ostida yoki mansardada nafas olib bölmaydigan darajada havo dim bölib ketadi. Şu issiqlik xonalarga ham ötadi. Ecover mineral paxtasi sizni bunday muammolardan xalos qiliş uçun ajoyib yeçimdir.


Albatta, tomni isitgiç bilan qoplaş – uy termal izolyatsiyaning bir qismi xolos. Biroq, hatto bu kabi kiçik harakat ham yoz oylarida bino içidagi salqinlikni saqlaşga ança yordam beradi. Özingizga uy quriş, mansardani jihozlaş yoki pardoz ta'mirini bajariş paytida tomga Ecover mineral paxtasini yotqizişni unutmang. Bu işni ustani jalb qilmasdan isitgiçni tomda bir neça qavat şaklida yotqizib osongina bajarişingiz mumkin.
15-20 sm tavsiya etilgan qalinlikda 300 m² kattaligigaça bölgan qoplama 2,5-3 mln sömga aylanadi. Bu bilan siz uyingizda qulay mikroiqlim yaratasiz va konditsionerni tunu-kun işlaş maşaqqatidan xalos qilasiz. Yana Ecover isitgiçini 50 yildan ortiq işlatiş mumkinligini hisobga olsak, yoz va qiş oylarida elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun sarf etiladigan mömaygina mablağni ham tejab qolgan bölasiz.



Bundan taşqari, tovuş izolyatsiyasi sizga yoqimli bonus sifatida taqdim etiladi. Taşqarining yoqimsiz şovqini sizni ortiq bezovta qilmaydi. Ecover mineral paxtasi boşqa isitiş materiallaridan özining universalligi bilan ajralib turadi. U devor, pol, tom singari binoning istalgan bölagiga mos keladi.
Ecover mahsulotining boşqa afzalliklariga quyidagilarni kiritiş mumkin:
- Yonğinga çidamli.












