Jazirama issiq kelişi bilan öyga tolib qolamiz. Xovli uylarda salqin joy topiş mumkin. Ammo köp qavatli xonadonlar-çi? Ecover mineral paxtasi issiqlikdan himoyalovçi eng samarali vosita bölib xizmat qilişi şubhasiz. Endi köp qavatli xonadonlarda ham salqinlikdan rohatlaniş mumkin.
Karantin vaqtida qöçaga çiqiş çeklangan bir paytda köp qavatli uyda yoz çillasiga bardoş beriş osonmas. Şu sababli bahavo joylarni izlab qolamiz. Xöş, endi nima qiliş kerak? Uyingiz jaziramadan saqlaniş uçun eng rohatbaxş makonga aylanişini istaysizmi? Ecover nomli issiqlik qaytaruvçi paxta siz uçun samarali yeçim bölib xizmat qiladi. Bunday paxtani hovli uylarning tom qismiga örnatiş afzalliklari haqida avval aytib ötilgan edi.
Nima uçun aynan Ecover mineral paxtasi?
Jazirama issiqda deyarli har bir köp qavatli uyda konditsionerdan foydalaniladi. Çunki şahar issiğida bunday uylarda harorat me'yoridan kötarilib ketadi. Faqat konditsionergina yagona himoyaçi sifatida namoyon böladi. Tanlovingiz orasida Ecover mineral paxtasini xarid qilişni ham kiritib qöyiş foydadan holi bölmaydi. Odatda, köp qavatli uylarga issiqlik balkon orqali ötadi.

Şu sababli uşbu mineral paxtani balkon içki qismiga qoplaşni tavsiya qilamiz. Ecover paxtasini balkon içki qismiga qoplaş orqali uydagi salqin havo taşqariga çiqib ketmaydi. Mineral paxta qoplangan uyda konditsioner işlatsangiz ham hosil bölgan salqin havo birdaniga yöqolib ketmaydi. Oddiy uyda konditsionerni 5-6 soat davomida yoqib qöygan bölsangiz, mineral paxta qoplangan joyda esa konditsioner 1-2 soat işlaşining özi yetadi. Qolgan vaqtda mineral paxta salqin havoni saqlab beroladi. Bu esa sizni ortiqça xarajatlardan qutqaradi.

Ahamiyatli tomoni 10-15 sm qalinlikdagi Ecover mineral paxtasi 2 metr qalinlikdagi ğişt, 53 sm yoğoç, 44 sm gazobeton, 90 sm karamzitobeton örnini bosa oladi.

Şu bilan birga, mineral paxta jarima yozda taşqaridagi issiq havoni, qahraton qişda esa sovuq havoni uyga kirgizmaydi. Ecover mineral paxtalarini0 50 yildan ortiq işlatiş mumkinligini hisobga olsak, yoz va qiş oylarida elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uçun sarf etiladigan mömaygina mablağni ham tejab qolgan bölasiz. Paxta nam ötkazmasligi, turli haşarotlarni çaqirmasligi, umuman yonmasligi va hatto 700 ⁰C haroratga bardoşliligi bilan asosiy tanlovingizga aylanişi şubhasiz.












