Jazirama yoz ham keldi. Issiqdan uyda ötirib bölmay qoldimi? Keçalari konditsioner yoki ventilyatorsiz uxlolmaydigan bölib qoldingizmi? Demak, siz “Ekover” haqida hali eşitmagansiz. Muammoning özi bilan emas, kelib çiqiş manbasi bilan kuraşsangiz, undan bir umrga qutulasiz. “Ekover” mineral paxtalari sizni boşoğriqlardan bir umrga xalos etadi. Yoz kelişi bilan darrov “toğga suriş”ni reja qilgan bölsangiz, demak, bu maqola aynan siz uçun.

https://telegra.ph/embed/youtube?url=https%3A%2F%2Fyoutu.be%2F-5F_38lB28M

Yozda eng katta muammo uyni salqin saqlaş. Uy içidagi salqinlik (qişda issiqlik)ning 30 foizi tomdan, 25 foizi devordan, 5 foizi poldan, 15 foizi eşik va derazalardan çiqib ketadi, taşqaridagi harorat ham xuddi şu tarzda kirib keladi. Yoz kunlarida quyoş uyni asosan tomdan qizdiradi. Bordi-yu uyning tomi tunuka bilan yopilgan bölsa, u bir neça barobar tezroq qiziydi.

Aytaylik, taşqarida +40 daraja bölganda, tomning tagida bu +70... +80 darajani hosil qiladi. Endi har soniyada bu issiqlik tepadan urib turişini, tasavvur qilavering. Öz-özidan xonalar ötirib bölmaydigan darajada isib ketadi. Derazani oçay desangiz, taşqaridan garmsel uradi.

Bunaqa paytda köpçilik muammoni konditsioner sotib oliş bilan hal qilmoqçi böladi. Biroq, tomdan urayotgan issiqlik bilan konditsionerdan çiqayotgan sovuq havo aralaşib, xonadagi namlikni oşirib yuboradi va yana derazalarni oçişga töğri keladi. Konditsioner esa uzluksiz işlayveradi, elektr hisoblagiç ham aylanaveradi. Qişda esa buning aksi, siz içqaridan turib isitaverasiz, taşqaridan sovuq aralaşib, xonalar terlaydi, devorlaringizni moğor bosadi. Buyoğiga “zanjir reaksiyasi” kabi bir muammo ketidan boşqasi çiqib kelaveradi. Har ikkala holatda ham elektr toki yoki tabiiy gaz sarfi keskin oşib ketadi. Bu kabi kommunal ehtiyojlar maoşingizning ançagina qismini “yeb qöyişi” heç gap emas.

Aslida, hammasi juda oddiy

Bu vaziyatda birgina mineral paxta deb ataluvçi quriliş materialining özi muammoni butunlay hal etişini esa köpçilik bilmaydi.

Energiya tejamkor mineral paxta xona haroratini bir me'yorda saqlaşga qilayotgan xarajatingizni sezilarli darajada kamaytiradi. Uyning tomi, devorlarini u bilan qoplab çiqilsa bas, şu bilan bu kabi boşoğriqlarni 50 yilga unutasiz.