13:14 / 30.09.2020
10601
Dushanbeda O‘zbekiston – Tojikiston qo‘shma korxonasi ochildi
Foto: O‘zA

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Tojikiston Respublikasi Majlisi milli Majlisi Oli raisi, Dushanbe shahri meri Rustam Emomali ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Hukumat rahbarlari va mamlakat Senati raisi korxona faoliyati bilan tanishdi.

Ikki mamlakat rahbarlari tashabbusi bilan Dushanbe shahrida 60 million dollar evaziga barpo etilgan o‘zbek-tojik qo‘shma korxonasi zamonaviy elektr texnika ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur korxona eng so‘nggi xalqaro standartlarga javob beradi.

Korxonada dastlab maishiy changyutgich va suv isitgichlar ishlab chiqariladi, kelgusida televizor va kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

Mazkur korxonaning ishga tushirilishi Davlatlarimiz rahbarlari tomonidan ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan say-harakatlarning amaldagi ifodasi ekani shubhasiz.

Top