15:21 / 05.10.2020
2520
Dunyo bo‘yicha smartfonlarga eng ko‘p ko‘chirib olingan ilova TikTok bo‘ldi

Yoshlar orasida ommabop bo‘lgan TikTok ko‘chirib olishlar soni bo‘yicha Google Play va App Store do‘konlarida birinchi o‘rinni egalladi.

Foto: iStock

2020 yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, dunyoda smartfonlarga eng ko‘p o‘rnatilgan ilova TikTok bo‘ldi. Bu haqda eng ommabop ilovalar reytingini tuzgan SensorTower tahlilchilari ma'lum qildi.

Yoshlar orasida ommabop bo‘lgan ushbu ilova ko‘chirib olishlar soni bo‘yicha Google Play va App Store do‘konlarida birinchi o‘rinni egalladi.

Android foydalanuvchilari orasida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga Facebook va Zoom joylashdi. iPhone va iPad egalari esa ko‘proq Zoom va YouTube ilovalarini ko‘chirib olishgan.

Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok qisqa videoroliklar servisi AQSh hukumati bosimi ostida qolgan. Ilovani Oracle korporatsiyasi sotib olmoqchi, aks holda AQSh hududida uning faoliyati taqiqlanadi. Hozirda Hindiston mamlakat hududida ushbu ilovadan foydalanishni taqiqlagan.

Top