21:27 / 05.10.2020
5009
Yangi Zelandiya koronavirus ustidan ikkinchi marta g‘alaba qozondi

Yangi Zelandiyaning eng yirik shahri Oklendda koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan keyin karantin choralari yumshatilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern ma'lum qildi. 

Foto: time.com

“Oklend va Yangi Zelandiya aholisi ikki marta natija bergan rejaga amal qildi va yana ushbu virus ustidan g‘alaba qozondi”, deb aytgan Ardern.

Bosh vazir Oklend aholisini avgustda kiritilgan ikkinchi karantinning tugashi bilan tabrikladi. Endi shaharda ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, Ardern koronavirus tarqalishi nazorat ostiga olingan bo‘lsa-da, aholini hushyor bo‘lishga chaqirgan.

Avvalroq, aprelda Yangi Zelandiyada koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmay qo‘ygach, mamlakat koronavirusni yenggani e'lon qilingandi. Biroq avgustdan mamlakatning eng yirik shahri Oklendda koronavirus tarqalishi qaytadan avj ola boshlagan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top