Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Yangi Zelandiya elçisi Sara Meri Uolşni qabul qildi.
«Yangi Zelandiyaning Özbekistondagi elçisi etib tayinlangan Sara Uolş xonim bilan uçraşiş va uning işonç yorliqlarini qabul qilişdan mamnunmiz, - deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining Telegram-kanalida. - Samarali hamkorlik uçun innovatsion qişloq xöjaligidan tortib yaşil energiyagaça bölgan köplab yangi va istiqbolli yönalişlarni örganiş orqali mamlakatlarimiz örtasidagi uzoq masofani qisqartiriş yöllarini muhokama qildik. Elçi xonimga ikki tomonlama munosabatlarimizdagi ulkan salohiyatni röyobga çiqarişga qaratilgan faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz».
Sara Meri Uolş Yangi Zelandiyaning Özbekistondagi elçisi lavozimida işlagan Yen Aleksandr Xill (qarorgohi Moskva şahrida) örniga tayinlandi.

Özbekiston va Yangi Zelandiya örtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 11 martda örnatilgan. 2019 yil 1 fevraldan boşlab Özbekiston Yangi Zelandiya fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejimni joriy qildi. Joriy yilning ötgan 10 oyi davomida Özbekistonga Yangi Zelandiyadan 736 nafar sayyoh kelgan.












