15:06 / 08.10.2020
5504
O‘zbekiston avgust oyida 31,7 tonna oltin sotdi

Xalqaro oltin kengashi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning avgust oyidagi oltin eksporti 31,7 tonnani tashkil etgan. Bu haqida Reuters agentligi yozmoqda.

Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston shu yil yanvar–avgust oylarida 5,8 milliard dollarlik oltin sotgani, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 1,5 barobarga ko‘pligini ma'lum qilgandi.

2020 yilning 8 oyida jami eksport hajmining 50 foizini aynan oltin tashkil etgan.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 milliard dollardan ortiqroq bo‘lgan.

Top