14:36 / 09.10.2020
25138
Namangan viloyati prokurori tayinlandi 

Jahongir Hotamov Namangan viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Jahongir Hotamov

Namangan viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov ishtirok etdi

Jahongir Hotamov 2016-2017 yillarda Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 

U 2018 yil fevralidan hozirga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Avvalroq, Namangan viloyati prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov davlat rahbarining tegishli farmoni bilan O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlangani xabar qilingandi

Top