20:20 / 13.10.2020
5167
Dunyoda 2020 yil boshidan ocharchilikdan 7 mln kishi vafot etdi 

2020 yil boshidan beri ocharchilikdan dunyoda kamida 7 mln kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Devid Bisli ma'lum qildi. 

Foto: Reuters

Uning ta'kidlashicha, dunyoning ba'zi hududlarida ocharchilik koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz bilan birga kechgan, bu esa fojia ko‘lamini yanada oshirgan.

Dastur ekspertlarining fikricha, bunday sharoitlarda ocharchilikka qarshi kurashga kamida 6,8 mlrd dollar talab etiladi.

Avvalroq Bisli pandemiya katta ko‘lamdagi ocharchilikka olib kelishi va xalqaro tashkilotlarning ocharchilikka qarshi kurash bo‘yicha avvalgi yillarda amalga oshirgan barcha sa'y-harakatlarini yo‘qqa chiqarishi mumkinligini aytgan.

Top