Xitoy hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha mobaynida sakkizta yangi virus topilgan, ulardan biri SARS-CoV-2 koronavirusi mansub bo‘lgan oilaga tegishli, deb yozadi DailyMail.

Ekspertlar qayd etishicha, aniqlangan patogenlar agar qachonlardir tur to‘sig‘ini yorib o‘ta olsa insonlarning zararlanishi bo‘yicha «katta xavf» tug‘diradi. Ular viruslar ustida kelgusi tadqiqotlar o‘tkazib, ularning insonga ta’siri aynan qanday bo‘lishini aniqlashga chorlashgan. Natijalar Xitoy mikrobiologiya jamiyati (CSM)ning matbaa bo‘limiga tegishli Virologica Sinica jurnalida chop etilgan. CSM XXR hukumatining Fuqarolik ishlari vazirligi tomonidan «ma’muriy nazorat o‘rnatuvchi» Xitoy davlat fan va texnologiya assotsiatsiyasi bilan bog‘liq.

Yangi viruslar Xitoyning Haynan orolida topilgan. Foto: aerotelegraph.imgix.net

Yangi tadqiqotda Haynanda 2017-2021 yillar mobaynida tutilgan turli kemiruvchilarning tomog‘i va anusidan olingan 682 ta surma tahlil qilingan. Bu kemiruvchilarning muayyan turli va oroldagi yashash o‘rniga qarab tasniflangan namunalar bo‘lib, ular laboratoriyalarga o‘rganish uchun jo‘natilgan. Tahlil ko‘plab yangi viruslarni aniqlagan, jumladan, ekspertlar tomonidan CoV-HMU-1 deb nomlangan koronavirusni ham. CoV-HMU-1 COVID-19 kasalligini keltirib chiqargan SARS-CoV-2 koronavirusi mansub bo‘lgan betakoronavirus ekani ham aniqlangan.

Olimlar viruslarning boshqa guruhlarida ham bir nechta yangi qo‘zg‘atuvchilarni aniqlashgan. Ularning sirasiga sariq bezgak va denge bezgagi qo‘zg‘ovchi ikki yangi pestivirus, ichak infeksiyalarini chaqiruvchi yangi astrovirus, grippsimon simptomlar chaqiruvchi ikkita yangi parvovirus, nihoyat, insonlarda o‘tkir uchli kondiloma va saraton kasalligi keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ikkita yangi papillomavirusni kiritishgan. Tadqiqotchilar qayd etishicha, yangi pestiviruslar va parvoviruslarning ochilgani juda muhim, chunkila ular uzun dumli Edvards gigant kalamushlari va Sikkim kalamushlarida aniqlangan. Avval bu jonivorlar bunday tipdagi patogenlar tashuvchisi hisoblanmas edi.

Edvards gigant kalamushi. Foto: thainationalparks.com

9 million kishi istiqomat qiladigan Haynan oroli materikdagi Xitoydan suv bilan ajralgan. Olimlar taxminiga ko‘ra, xuddi shu kabi viruslar dunyoning boshqa chekkalarida ham uchrashi ehtimoli bor.