08:17 / 14.10.2020
35722
2021 yilda qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash to‘g‘risida prezident farmoni loyihasi e'lon qilindi

2021 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini ta'minlash maqsad qilingan.

Foto: Shutterstock

Prezidentning “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
 
2021 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanishi mumkin:

2 sentabr-payshanba;

3 sentabr-juma.

2021 yilda dam olish kuni 27 mart-shanba, 22 mart-dushanba kuniga ko‘chiriladi.

2021 yil 2 yanvar-shanba, 4 sentabr-shanba va 22 mart-dushanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat'i nazar, dam olish kuni hisoblanadi.

Budjet tashkilotlarida qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. 

Har yilgi mehnat ta'tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta'tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qo‘shimcha dam olish kuni qo‘shiladi.

Har yillik mehnat ta'tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.

Budjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda qo‘shimcha dam olish kuni mehnat ta'tiliga qo‘shimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Transport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bayram (ishlanmaydigan) kunlarning uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisi uchun ichki turizm va faol dam olish yo‘nalishlarini, transport va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishini hamda aksiyalar o‘tkazilishini tashkil etadi.

Top