Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Özbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi prezident farmoni loyihasi joylaştirildi.
Farmonda davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etiş masalasi ilgari surilmoqda.
Xususan, hujjat loyihasida davlat rahbarining 2020 yil 26 martdagi «Iqtisodiyotni rivojlantiriş va kambağallikni qisqartirişga oid davlat siyosatini tubdan yangilaş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonining 1-bandi «l» kiçik band bilan töldirilmoqda.
Mazkur bandda:
- «Davlat funksiyalari – biznes uçun imkoniyat loyihasi» va davlat funksiyalarini xususiy sektorga ötkazişning kompleks mexanizmi amalga oşirilişi yuzasidan monitoring olib boriş va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etiş böyiça takliflar işlab çiqiş;
- xususiy sektorga ötkazilişi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, şuningdek, xususiy sektorning tegişli takliflarini e'lon qiliş va muhokamadan ötkaziş uçun elektron maydonça faoliyatini yuritib boriş;
- xususiy sektorga berilişi mumkin bölgan davlat funksiyalari tahlilini olib boriş va örganiş natijasida tegişli çoralar körilişi yuzasidan takliflar tayyorlaş belgilanmoqda.
Şuningdek, mazkur töldiriş prezidentning 2020 yil 26 martdagi PQ–4653–son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi töğrisidagi nizomning 11-bandiga ham «l» kiçik band bilan kiritilmoqda.
Nizomning uşbu bandida «Davlat funksiyalari – biznes uçun imkoniyat» loyihasi doirasida davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlaştiriş va boşqa usullar va mexanizmlar orqali bosqiçma-bosqiç xususiy sektorga ötkaziş hamda davlat boşqaruvi sohasini takomillaştiriş böyiça amalda mavjud imkoniyatlarni kengaytiriş vazifalari belgilanmoqda.
Şu bilan birga, vazirlik va idoralar kesimida xususiy sektorga ötkazilişi mumkin bölgan davlat funksiyalarini tahlil etiş mexanizmlarini yölga qöyişga qaratilgan davlat funksiyalarining yagona reyestrini şakllantiriş nazarda tutilyapti.
















