Prezidentning “Özbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantiriş va ziyoratçilar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Buxoro viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita, Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Buxoro şahrida islom dini tarixi va musulmon olamida taniqli şaxslar innovatsion muzeyini quriş va uni rivojlantiriş konsepsiyasi böyiça takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Moliya vazirligi Buxoro viloyati “Yetti Pir” ziyoratgohlari yönalişida ta'mirtalab 36 km masofadagi içki yöllarni ta'mirlaş uçun 90,5 mlrd söm mablağ manbasini aniqlab, keyinçalik mahalliy budjet mablağlari hisobidan qoplab beriş şarti bilan ajratişni ta'minlaydi.

Buxoro viloyat hokimligi “Yetti Pir” ziyoratgohlariga boruvçi içki yöllarni 2021 yil 1 iyulga qadar töliq ta'mirdan çiqarilişini ta'minlaydi.

Savdo-sanoat palatasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi hamda Turizm qömitasi bilan birgalikda turli ziyoratçilarga qadrli bölgan tematik esdalik mahsulotlarini işlab çiqariş tizimini yölga qöyiş böyiça çora-tadbirlarni işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.