16:17 / 20.10.2020
9794
Andijon yo‘llariga ham shovqin chiqaruvchi chiziqlar tortilmoqda

Andijon viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan noxush hodisalar ko‘p ro‘y berayotgan hududlarga haydovchilarning hushyorligini oshirish maqsadida tovush chiqaruvchi yo‘l chiziqlari tortilmoqda.

Kuni kecha «A-373 Toshkent–O‘sh» yo‘lining 410- va 419-kilometrlarida (Andijon–Shahrixon yo‘li) shovqinli yo‘l chiziqlari chizildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Mazkur tovushli chiziqlar asfalt yo‘l ustidan bo‘rtib chiqib turuvchi plastik qoplamasidir. Haydovchi chiziqlar ustidan o‘tganda avtomobil tebrangani va g‘ildiraklar ostidan tovush chiqqanini sezadi.

Ma'lum qilinishicha, mana shunday chiziqlar viloyatning boshqa hududlarida ham tatbiq qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida termoplast yo‘l chiziqlari Namangan viloyatida sinovdan o‘tkazilayotgani xabar qilingandi.

Top