00:32 / 23.10.2020
19387
«Krishtianu «Real»da ekanligida «El Klasiko» o‘zgacha o‘tardi» – Messi Ronaldu bilan raqobati haqida gapirdi 
Foto: Reuters

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Real»ning sobiq hujumchisi, hozirda «Yuventus»da o‘ynayotgan Krishtianu Ronaldu bilan raqobati doimiy bo‘lishini aytdi.

«Ronalduga qarshi o‘yinlar o‘ziga xos bo‘lgan va doim shunday bo‘lib qoladi. Bu raqobat ko‘p yillardan beri davom etib kelmoqda. Buni uzoq vaqt davomida ushlab turish oson emas.

Men va Krishtianu o‘rtasidagi duel juda yaxshi darajada bo‘lgan va odamlarga yoqqan.

Shubhasiz, Krishtianu «Real»da o‘ynaganida, «El Klasiko»lar o‘zgacha o‘tardi. Bu o‘tmishda qoldi. Biz endi yangi chaqiruvlarni kutyapmiz. Chorshanba kuni «Yuventus» bilan o‘yin. Umid qilamanki, Krishtianu tez orada COVID'dan tiklanadi va bizga qarshi bahsda ishtirok etadi», – deya Messining so‘zlarini keltiradi DAZN.

Mavzu
El-klasiko
28 oktabr kuni Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida «Real» va «Barselona» o‘rtasida navbatdagi el-klasiko bahsi o‘tkaziladi. Bu ko‘p yildan buyon ilk marta Messi va Ronaldusiz el-klasiko bahsi bo‘ladi
Barchasi
Top