14:11 / 26.10.2020
7096
Xitoy AQShning 3ta yirik kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy qilmoqchi

Xitoy Tayvanga qurol-yarog‘ yetkazib berish bilan shug‘ullangan AQShning 3ta yirik kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy qilishni rejalashtirmoqda.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi binosi. Foto: Shutterstock

Rasmiy Pekin Tayvanga qurol-yarog‘ yetkazib berish bilan shug‘ullangan AQShning 3ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqchi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Chjao Litszyan dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi.

«Xalqaro manfaatlarimizning himoyasi uchun biz quyidagi tegishli choralarni ko‘rishga qaror qildik. Biz ushbu protsessda [Tayvandagi namoyishlarda] muhim rol o‘ynagan AQSh kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy qilamiz. Ular orasida Lockheed Martin, Boeing Defence va Raytheon kompaniyalari bor», – dedi Xitoy TIV rasmiysi.

Top