17:15 / 30.10.2020
4333
14 nafar xususiy notariusning litsenziyasi to‘xtatildi

Andijon, Jizzax, Farg‘ona va Samarqand viloyat adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining tegishli qarorlariga asosan notarius to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilganligi uchun 14 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyalari to‘xtatildi. 

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Muhividdin Malikovning litsenziyasi 3 oy muddatga, Mirzacho‘l tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Abdurafiq Haydarovning litsenziyasi 3 oy muddatga, Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Ulug‘bek Abdujalilovning litsenziyasi 1 oy muddatga, Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Shuhrat Tojiboyevning litsenziyasi 1 oy muddatga to‘xtatildi, Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Shuhrat Shernazarovning litsenziyasi 1 oy muddatga, Sharof Rashidov tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Baxtiyor Murtazovning litsenziyasi 1 oy muddatga to‘xtatildi.

Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Gulruh Rahimovaning litsenziyasi 3 oy muddatga, Shahrixon tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Alisher Ahmadjonovning litsenziyasi 3 oy muddatga to‘xtatildi.

Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Zarina Saidovaning litsenziyasi 2020 yilning 29 oktyabridan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sardorbek Abdullayevning litsenziyasi 1 oy muddatga, Qo‘shtepa tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Iqbol Homidovning litsenziyasi 1 oy muddatga, Marg‘ilon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Xurshid Isroilovning litsenziyasi 1 oy muddatga, Qo‘qon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Zumradxon Karimovaning litsenziyasi 1 oy muddatga, Oltiariq tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Shuhrat Po‘latovning litsenziyasi 1 oy muddatga to‘xtatildi.

Top