O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish nima uchun muhim? – John Deere kompaniyasi tajribasi haqida
Joriy yil 22 sentabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari bo‘yicha o‘tgan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev «Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish bo‘lmasligini tushunib yetishi shart. Barcha darajadagi rahbarlar buni o‘ziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur o‘rganishi kerak», - deya ta'kidlagan edi.
John Deere kompaniyasi qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bilan shug‘ullanuvchi jahondagi birinchi raqamli kompaniya hisoblanadi. John Deere o‘zining O‘zbekistondagi dileri «Landtech» kompaniyasi yordamida Shavkat Mirziyoyev tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga, mamlakat qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishga yordam berib kelmoqda. Shuningdek, tashkilot mamlakatdagi yosh kadrlarni qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha o‘qitish dasturlarini ham amalga oshirmoqda.
Yaqinda shunday loyiha doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutida jahondagi ilg‘or John Deere kompaniyasining O‘zbekistondagi dileri «Landtech» HK MChJ mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
John Deere kompaniyasi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan eng so‘nggi modeldagi mashinalarni ishlab chiqarmoqda. Kompaniya mahsulotlaridan foydalanish bilan qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish hajmi oshmoqda, suv tejash imkoni paydo bo‘lmoqda.
Masalan, ayni paytda Sirdaryo viloyatidagi Indorama paxtachilik-to‘qimachilik klasterining barcha texnikalari: traktor, kombayn, paxta terish mashinalari, dalani o‘g‘itlashga mo‘ljallangan texnologiyalari John Deere brendi ostidagi texnologiyalar hisoblanadi. Klasterning 50 ming gektardan ortiq yer maydoni John Deere texnologiyalaridan foydalangan holda dala maydonlarini raqamli tizim bilan ta'minlagan.
«O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish juda yaxshi samara beradi. Buning bilan fermerlarda masofadan turib ish jarayonini boshqarish, ishlatiladigan o‘g‘itlarni, kimyoviy moddalarni tejash imkoni bo‘ladi.
Bundan tashqari, traktorlar ishini ham masofadan turib boshqarish, vaqtni tejash va samaradorlikni oshirish mumkin. John Deere aynan mana shu narsani maqsad qilgan va uni amalga oshirmoqda», – deya kompaniya tashkil qilayotgan ishlar haqida gapirdi John Deere kompaniyasi rasmiy dileri, «Landtech» HK MChJ texnik direktori Nil Kinsi seminarda.
Indorama paxtachilik-to‘qimachilik klasteri rahbari Pol Reganning aytishicha, ayni paytda klaster dalalarida John Deere kompaniyasi texnologiyalari asosida AMS tizimi ishlamoqda. Bunda daladagi jarayonlarni masofadan turib kuzatish mumkin bo‘ladi.
«Bu tizim ko‘z bilan chamalab ish bajarganga qaraganda ancha unumli, qolaversa, tizimda ishlaydigan xodimlarni tayyorlash uchun ko‘p vaqt talab etilmaydi. Ishchilar jarayonni yaxshilab o‘rganib olishi bilan unga tezda moslashib ketadi», – deya ma'lumot berdi Pol Regan.
Universitet dekani, texnika fanlari nomzodi Qodirjon Shoavazov O‘zbekistonda tashkil qilingan klasterlarda yuqori hosil olish, mahsulotni oxirgi iste'molchiga qadar ham sifatli tarzda yetkazish, buning uchun klasterlarda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsad qilinganini aytib o‘tdi.
«John Deere kompaniyasi texnologiyalari zamonaviy va ilg‘or texnikalardan biri hisoblanadi. «Landtech» HK MChJ mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan seminar va treninglar bizning talabalarimiz uchun zarurdir, chunki ular klasterlarning bo‘lajak kadrlari hisoblanishadi. Talabalar yuqori texnologiyalar haqida nafaqat nazariy bilimga ega bo‘lishlari, balki bevosita ishlashni o‘rganishlari va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llashlari kerak», – deydi Qodirjon Shoavazov.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:54 / 28.04.2023
John Deere kompaniyasi O‘zbekiston bo‘ylab xizmat ko‘rsatish hajmi va sifatini oshirmoqda!
12:30 / 23.11.2020
Yuqori samaradorlik – John Deere bilan!
12:08 / 19.10.2020
Qishloq xo‘jaligini John Deere kompaniyasi texnikalari bilan raqamlashtiring
11:00 / 23.12.2019