John Deere nafaqat AQŞda, balki butun dunyo böyiça qişloq xöjaligi uçun kerakli texnikalarni işlab çiqariş böyiça yetakçi kompaniya hisoblanadi. Sifat nuqtai nazaridan allaqaçon mijozlar işonçini oqlaşga ulgurgan kompaniya iqtisodiyotining asosiy riçaglaridan biri qişloq xöjaligi bölgan Özbekistonda ham samarali faoliyat olib bormoqda.

Sifat va halollikka qurilgan poydevor

1837 yilda özining dastlabki faoliyatini boşlagan kompaniyaning nomi oddiy temirçi Jon Dir bilan boğliq. Ixtiroçilikni ham öziga yuqtirgan temirçi Jon silliqlangan temirdan özining birinçi plugini yasaydi. Bu fermerlikni rivojlantirişga astoydil bel boğlgan Jonning Illinoys ştatida John Deere kompaniyasi faoliyati uçun qöygan birinçi tamal toşi edi. Faoliyatining avvalidanoq temirçi halollik, sifat, işga sadoqat va innovatsiyani özi uçun asosiy prinsip sifatida belgilab olgan. Bir asrdan ortiq tarixga ega kompaniya hanuzgaça şu prinsiplardan oğişmay faoliyat yuritib kelmoqda.

Qisqa muddat, samarali natija

Kompaniya 2017 yilda Özbekistonga özining qişloq xöjaligi texnikalari bilan kirib keldi. Oradan qisqa muddat ötganiga qaramay, sohadagi talab yuqori bölgan sub'yektga aylanib ulgurgan.

2017 yilda Surxondaryo viloyatidagi xususiy fermer xöjaligiga turli quvvatdagi traktorlarni yetkazib berişdan öz işini boşlagan John Deere hozirda 800dan ortiq texnikasini olib kirgan. Turli quvvatdagi traktorlar, yem öruvçi va don yiğuvçi kombaynlar, öziyurar purkoviçlar, tirkama aravalar qişloq xöjaligida unumdor iş muhitini yaratiş uçun xizmat qila boşladi.

2018 yilda John Deere turli ixtisoslikdagi fermerçilik klasterlarini kerakli texnika bilan ta'minlay boşladi. Donçilik, yemçilik, sabzavotçilik, mevaçilik, çorvadorlik, paxtaçilik – barça yönalişlar uçun qulay bölgan traktor va kombaynlar fermerlarning muşkulini oson qildi.

Ötgan 2019 yil ham kompaniyaning Özbekistondagi rasmiy dilleri uçun mahsuldor böldi. Turli quvvatdagi traktorlar, yem va paxta teruvçi kombaynlar, pluglar, öğit purkovçi maşinalar mijozlarga yetkazib berildi.

2019 yilning eng ahamiyatli voqealaridan biri, Toşkent davlat agrar instituti hamda Irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş institutida John Deere özining öquv xonalarini taşkil etdi. Oliygohlar bilan tuzilgan memorandumga asosan, mazkur öquv xonalarida qişloq xöjaligi böyiça katta tajriba va bilimga ega bölgan xorijiy ekspertlar, xalqaro mutaxassislar jalb etilib, qiziqqan talabalar uçun öquv seminarlarini ötkaziş yölga qöyildi. Bu orqali John Deere qişloq xöjaligi uçun malakali kadrlar tayyorlaş jarayonida ham faol iştirok etmoqda.