14:21 / 11.11.2020
3065

Texas shtatida koronavirus yuqtirish holatlari soni 1 milliondan oshdi

AQShda kasallik yuqtirish holatlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Kaliforniya turibdi. Bu yerda pandemiya boshlanganidan buyon 991 ming holat tasdiqlangan.

Foto: Reuters

Texas koronavirus yuqtirish holatlari soni 1 milliondan oshgan AQShdagi birinchi shtatga aylandi, deb xabar berdi Jons Hopkins universiteti.

 O‘tgan sutkada shtatda 10,8 mingdan ortiq yangi holatlar qayd etilgan, 94 nafar bemor vafot etgan.

AQShda kasallik yuqtirish holatlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Kaliforniya turibdi. Bu yerda pandemiya boshlanganidan buyon 991 ming holat tasdiqlangan.

Floridada kasallikka chalinganlar soni 852 mingdan oshgan, Nyu-York shtatida esa 536 ming holat aniqlangan. 

 Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh bo‘yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni 10 milliondan oshdi, 240 mingga yaqin kishi vafot etdi.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top