11:54 / 13.11.2020
18214
56,7 balldan ko‘p va 100 balldan kam to‘plaganlarga ham o‘qishini tibbiyot yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat berildi

O‘zbekiston ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 7-son bayoni qaroriga muvofiq, 56,7 balldan ko‘p va 100 balldan kam to‘plaganlarga ham o‘qishini tibbiyot yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta'lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va o‘tkazilgan onlayn test sinovlari natijalariga ko‘ra 56,7 ball va undan yuqori ball, ammo, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan o‘tish balidan (100 ball) kam ball to‘plagan fuqarolarning o‘qishini ularning arizalariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining mos yoki turdosh bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat berildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi besh kun muddatda ushbu toifadagi talabgorlardan arizalarni qabul qilib, hududlardagi tibbiyot oliy ta'lim muassasalariga qayta taqsimlaydi, deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabarida.

Avvalroq, Qoraqalpog‘istonning 3ta tumanidagi abituriyentlar o‘qishga qo‘shimcha qabul qilinishi xabar berilgandi

Top