Eng kamida 56,7 ball töplagan abituriyentgina Qoraqalpoğiston Respublikasidagi OTMlarga qöşimça kvota asosida öqişga qabul qilinadi.

Qöşimça kvotalar tibbiyot yönalişiga ajratilmagan. Boşqa yönalişga hujjat topşirgan abituriyentlar öqişga tölov-şartnoma asosida qabul qilinadi.

Abituriyentlar öqişni tugatgandan keyin Möynoq, Taxtaköpir va Qoraözak tumanlarida kamida 5 yil işlab berişi kerak.

Yuqoridagi talablar asosida 13 noyabrdan boşlab öqişga xohiş bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan uçraşuvlar taşkil qilinadi. Uçraşuvlar 3ta tumanda 4ta sektor rahbarlari hamda oliy öquv yurtlari vakillari tomonidan taşkil etiladi.

Mazkur aksiya prezidentning 2 oktabr kuni Qoraqalpoğistonga safari davomida berilgan topşiriqning ijrosi doirasida amalga oşirilmoqda.