09:58 / 17.11.2020
6295
Toshkent viloyatida Lacetti haydovchisiga 10 oy mobaynida 35 mln so‘mdan ko‘proq jarima belgilandi

Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan viloyat hududida tezlik bilan bog‘liq qoidabuzarliklar qat'iy nazoratga olingan, deb xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida ro‘yxatda turuvchi Lacetti avtomobili haydovchisi joriy yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida viloyat hududida tezlik bilan bog‘liq 36 marta qoidabuzarlik sodir etgan.

Haydovchi aholi yashash (5.22 yo‘l belgisi o‘rnatilgan) joyida cheklangan tezlik 70 km/s bo‘lishiga qaramasdan, ushbu hududdan yuqori tezligi 140 km/s, past tezligi esa 80 km/s bilan harakatlangan.

Natijada, tezlikni 36 marta me'yoridan oshirish 35 457 000 so‘m jarima belgilanishiga sabab bo‘lgan.

Qashqadaryo va Samarqand viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan Nexia avtomobillari ham aholi yashash joyida 100 km/s kam bo‘lmagan tezlikda harakatlanib, 12 martadan qoida buzgan. 

Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan o‘rnatilgan tartibda jarimalar belgilangan.

Top