13:20 / 18.11.2020
5069
Yangi Zelandiya politsiyasi hijob uslubidagi formani tanishtirdi

Yangi Zelandiyada hijob uslubidagi politsiya formasi ham rasmiy forma sifatida tasdiqandi. Buning bilan muslimalarni ham bu kasbni bemalol tanlash uchun rag‘batlantirish maqsad qilingan.

Foto: NEW ZEALAND POLICE

BBC’ning yozishicha, Yangi Zelandiya politsiyasida hijob uslubidagi formalar ustida ish 2018 yilda o‘rta maktablarga tashrif buyurgan politsiya xodimlari so‘roviga binoan boshlangan. Tasdiqlangan forma mamlakatning turfa xil qarashdagi odamlariga inklyuziv tarzda xizmat ko‘rsatishga yordam berishi mumkin. 

Konstebl Zina Ali bunday forma kiyishni so‘ragan birinchi xodim va u formani ishlab chiqish jarayoniga taklif qilingan. Zina hijob formasini kiygan Yangi Zelandiyadagi birinchi xodim ham bo‘ldi.

“Men muslima ayollar ham politsiyada ko‘proq ishlashi kerakligini his qilaman. Yangi Zelandiyada hijob politsiya formasining bir qismi sifatida namoyish qilinishi juda yaxshi. O‘ylaymanki, buni ko‘rgan muslimalar politsiya sohasiga ko‘proq qiziqishi mumkin”, – deydi Zina Ali.

Yangi Zelandiyadan tashqari, hijob uslubidagi formalarga London metropoliten politsiyasida 2006 yilda, Shotlandiyada esa 2016 yilda ruxsat berilgan. 

Top