21:46 / 24.11.2020
3872
Eron hukumati vakili Baydenning saylanishi eronliklarni xursand qilishini aytdi
Foto: Fatemeh Bahrami/AA

Eron hukumati vakili Ali Robiy poytaxt Tehronda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQSh sanksiyalari va prezident saylovlarida g‘olib bo‘lgani aytilayotgan demokrat Jo Bayden ma'muriyatiga baho bergan.

Robiyning fikricha, AQSh saylovlarida maksimal bosim siyosatini qo‘llab-quvvatlagan Donald Tramp ma'muriyatining muvaffaqiyatsizligi Eron xalqini xursand qilganini ta'kidladi: «Maksimal bosim siyosati yo‘lning oxiriga yetdi. AQShning hozirgi hukumatida boshqa variant qolmadi», degan Robiy.

Eron hukumati xalq manfaatlarini ko‘zlashini ta'kidlagan Robiy, AQSh sanksiyalari bekor qilinadigan bo‘lsa, xorijiy davlatlarga sarmoya kiritmoqchi bo‘lganlar borligini ta'kidlagan. Uning aytishicha, Eron o‘tgan yillarda sanksiyalar tufayli kutilgan 160 milliard dollardan mahrum bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yilgi budjetda Eronning neftga qaramligini qisqartirish bo‘yicha loyihalar kiritiladi.

Top