00:13 / 25.11.2020
5015

Afg‘onistonning Bomiyon shahridagi teraktda 17 kishi halok bo‘ldi 

Afg‘onistonning Bomiyon viloyatining Bamiyon shahri markazida joylashgan bozorda sodir etilgan terakt oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 50dan ko‘proq kishi jarohat oldi. Bu haqda TOLO News nashri xabar berdi. 

Foto: Anadolu Agency

Bozorda ikkita magnit bomba portlatilgan. Terakt uchun hozircha hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Bomiyon Afg‘onistonning eng osoyishta viloyatlaridan biri hisoblanadi. Viloyat poytaxti Bomiyon shahriga har yil ko‘plab sayyohlar tashrif buyuradi. Ta'kidlanishicha, bunday terakt viloyatda birinchi marta sodir etilmoqda.

Top