19:39 / 30.11.2020
13063
“Sputnik V” vaksinasining eng katta kamchiligi ma'lum qilindi

 Qayd etilishicha, vaksinani ommaviy ishlab chiqarish uchun murakkab texnologik yechimlar zarur, uning ikki unsurli tarkibdan iboratligi shuni talab qiladi.

Foto: EPA

Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining eng katta kamchiligi uni ishlab chiqarishning texnologik murakkabligi hisoblanadi. Bu haqda Sechenov universiteti translyatsion tibbiyot va biologiya instituti direktori Vadim Tarasov ma'lum qildi.

Tarasovning so‘zlariga ko‘ra, “Sputnik V” samarali va xavfsiz vaksina hisoblanadi. Ammo uning bir kamchiligi bor: vaksinani ommaviy ishlab chiqarish uchun murakkab texnologik yechimlar zarur, uning ikki unsurli tarkibdan iboratligi shuni talab qiladi.

 Uning qo‘shimcha qilishicha, vaksinani ommaviy ishlab chiqarishni kengaytirish qiyin ish, ayniqsa, qisqa muddat ichida.

Avvalroq Fransiyaning Challenges nashri Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron bilan telefon orqali qilgan muloqoti chog‘ida undan “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishda yordam so‘raganini yozgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top