Ma'lumotlarga köra, vaksina bir-ikki oy içida ma'qullanadi.
Argentinaning Richmond farmatsevtika kompaniyasi rahbari Marselo Figeyras JSST yaqin vaqt içida koronavirusga qarşi «Sputnik V» vaksinasini ma'qullaşini aytdi. Bu haqda Telam agentligi xabar berdi.
«Bizdagi ma'lumotlarga köra, bu aniq. Vaksina köpi bilan bir-ikki oy içida ma'qullanadi», — dedi Figeyras.
Uning aytişiça, ma'muriy sabablar tufayli Rossiya vaksinasi JSST tomonidan şu paytgaça ma'qullanmagan.
«Bular axborot masalalari, hisobotlar tayyorlaşlardir», — dedi u.
Gamaleya nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan işlab çiqilgan «Sputnik V» vaksinasi Rossiyada 2020 yil avgustda röyxatdan ötkazilgandi.













