17:30 / 12.12.2020
4296
“O‘zbekneftgaz”: “Kuchlik neft bazasi”da avtomatlashtirilgan tizimni joriy etilyapti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 28 apreldagi  Qarori bilan 2020–2022 yillarda “O‘zbekneftgaz” AJda uchta loyihani amalga oshirish vazifasi belgilab berilgan.

Qarorga muvofiq, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari departamenti tomonidan tajriba loyihasi sifatida “Kuchlik neft bazasi” MChJda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy qilish bo‘yicha  ishlar boshlab yuborilganligi haqida ma'lum qilgan edik.
 
Ayni paytda “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli “Kuchlik neft bazasi” MChJda Avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish maqsadida keng ko‘lamli ishlar jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda.
 
“Kuchlik neft bazasi” MChJning tayyor mahsulotlar parklarida neft mahsulotlarining hisobini olish avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ASKUNN)ni joriy  etish bo‘yicha “EMERSON” kompaniyasi, “Maxsus energo gaz” AJ, “AZS Komplekt” MChJ mutaxassislari bilan hamkorlik qilinmoqda.


 
Ayni paytga qadar “Kuchlik neft bazasi” MChJda “Iokogava elektrik SNG” MChJ (Rossiya) yechimlari asosida 5000 va 2000 kub metr vertikal sig‘imlarga programmalashtirish imkoni mavjud bo‘lgan “Jumo” sath-o‘lchash qurilmasi o‘rnatildi va dispetcherlik tizimida onlayn rejimiga chiqarildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Top