20:31 / 12.12.2020
10025
Turkiya aviatsiyasi Iroq shimolidagi qishloqlarga zarbalar berdi

Al-Amadiya rayonidagi qator qishloqlar havo reydlari nishoniga aylangan.

Foto: Anadolu Agency

Turkiya jangovar aviatsiyasi Iroqning shimoliy qismi bo‘ylab turkum zarbalar berdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Iraqi news yangiliklar portali xabar berdi.

 Manbalarning ma'lumot berishicha, Al-Amadiya rayonidagi qator qishloqlar havo reydlari nishoniga aylangan. Zarbalar oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar to‘g‘risida hozircha ma'lumot berilmagan.

 Turkiya qo‘shinlari Kurdiston ishchi partiyasining Iroq shimolida joylashgan lagerlari, qo‘mondonlik punktlari va qurol-yarog‘ omborlariga vaqti-vaqti bilan zarbalar berib turadi.

Anqara Kurdiston ishchi partiyasini terrorchi tashkilot va milliy xavfsizlikka tahdid deb hisoblaydi.  

Top