15:11 / 17.12.2020
10226
Xiva shahriga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Xiva shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Sessiya davomida tashkiliy masala ko‘rildi. Temur Ismoilovich Davletov Xiva shahar hokimi etib tayinlandi.

Temur Davletov Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Sobir Jumaniyozov shu vaqtga qadar Xiva shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi. U qaysi ishga o‘tkazilgani hozircha noma'lum.

Bugun, 17 dekabr kuni, Xorazm viloyatining Urganch shahri va Bog‘ot tumanida hokim o‘zgardi. Oybek Xolboyev Urganch shahar hokimi etib tayinlangan bo‘lsa, Shavkat Yaxshiboyev Bog‘ot tuman hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ish boshladi.

Top