Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivadagi binolar yoshini aniqlash imkonini beruvchi interaktiv xarita yaratildi
Qadimiy shaharlarning boy tarixini ko‘rish imkonini beruvchi age1.tashkent.uz loyihasi Toshkent shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Foto: Dasturdan skrinshot / Kazinform
Qozog‘istonning "Kazinform" xalqaro axborot agentligi O‘zbekistonda Xiva shahrining binolar yoshini aniqlash imkonini beruvchi interaktiv xarita yaratilgani haqida maqola tarqatdi.
"O‘zbekistonda qadimiy Xiva shahrining turli davrlardagi binolari yoshi va chegaralarini aniqlash imkonini beruvchi interaktiv xarita yaratildi", - deyiladi maqolada.
Qadimiy shaharlarning boy tarixini ko‘rish imkonini beruvchi age1.tashkent.uz loyihasi Toshkent shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Qadimgi Xiva Toshkent va Chirchiqdan keyin Age loyihalari turkumidagi uchinchi shahar bo‘ldi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, bino va inshootlarning ranglari tasodifan tanlanmagan va ma’lum bir tarixiy davrni anglatadi. Masalan, miloddan avvalgi VI asrdan VII asrgacha bo‘lgan eng qadimiy davrni qamrab olgan firuza rangi Xiva shahrining ramzi bo‘lgan "Xeyvaq" qudug‘i suvini ifodalaydi.
"Bundan tashqari, ekranning chap tomonidagi qal’ani bosish orqali "Yashirin xona"ni ochasiz, unda ma’lum bir davrga qarab Xiva chegaralari, tarixiy qal’a devori hamda darvozalari, arxeologik va me’moriy madaniy meros obektlari, shuningdek, zamonaviy ko‘cha nomlari ko‘rsatilgan", - deya qayd etiladi maqolada.
Xulosa qismida, "Ushbu loyiha Yevropa, AQSh va Rossiya mamlakatlari davom ettirgan Niderlandiyaning Building Age Maps chellenjidan ilhomlangan holda yaratildi", - deya yakunlagan "Kazinform" axborot agentligi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

15:25 / 03.07.2025
O‘zbekiston - Ozarboyjon parlamentlararo forumi – Xivadagi muloqot qanday o‘tdi?

20:30 / 20.05.2025
Xivadagi Dishan qal’a qayta tiklanadi

14:08 / 02.05.2025
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi

22:15 / 01.05.2025