Sessiyada taşkiliy masala körildi. Şavkat Quramboyeviç Yaxşiboyev Boğot tuman hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Şavkat Yaxşiboyev Xorazm viloyati hokimligi Madaniyat va aholi dam oliş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.
Eslatib ötamiz, şu paytga qadar Oybek Xolboyev Boğot tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgandi. U 2019 yil sentyabr oyida tumanda fuqarolar paxta terimiga majburan jalb etilgani tufayli jarimaga tortilgandi.
Boğot tumani 1926 yilda taşkil topgan, 1930 yilda Xonqa tumaniga qöşilgan, 1934 yilda esa Yangiariq tumani tasarrufiga ötgan. 1953 yilning mart oyida qaytadan tuman sifatida taşkil qilingan. 1959 yilda yana Yangiariq tumani tarkibiga qöşilgan. Boğot tumani 1970 yil 8 dekabrda qayta taşkil qilingan.
Tuman hududi 4433,5 kv.km. bölib, geografik jihatdan Xorazm viloyatining janubi-şarqiy qismida joylaşgan. Janubdan Turkmaniston bilan, şarqdan Hazorasp tumani bilan, şimoldan Qoraqalpoğiston bilan, ğarbdan Yangiariq va Xonqa tumanlari bilan çegaradoş. Tumanda 43 ta mahalla bor, şundan 5 tasi şaharça fuqarolar yiğini hisoblanadi. Tuman aholisi soni 163 819 kişini taşkil etadi, tuman markazida 11 321 kişi istiqomat qiladi.












