15:30 / 18.12.2020
1922
Qozog‘iston prezidenti MDH salohiyatini yangi geosiyosiy sharoitga moslashtirish zarurligini ma'lum qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev MDH sammitida koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tdi.

Kelgusi hafta Qozog‘istonda Rossiya bilan yangi koronavirusga qarshi, shu jumladan eksport uchun vaksinalarni birgalikda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda respublika prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev juma kuni MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida aytib o‘tdi.

«Qozog‘iston koronavirusga qarshi o‘z preparatini ishlab chiqmoqda, u sinovlar paytida yaxshi natijalar ko‘rsatdi. Kelasi hafta Rossiya bilan birgalikda vaksinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz. U ham Rossiyaning, ham Qozog‘istonning vaksinasi bo‘ladi, eksportga ham chiqariladi», - dedi u.

To‘qayev MDH salohiyatini yangi geosiyosiy sharoitlarga moslashtirish ishlarini kuchaytirish zarurligini ma'lum qildi.

«Menimcha, bizning umumiy vazifamiz - Hamdo‘stlik salohiyatini yangi geosiyosiy sharoitda yanada mustahkamlash, xalqaro maydondagi mavqeyini kuchaytirish», - dedi u. 

To‘qayev, shuningdek, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni inobatga olgan holda ish ko‘rish MDH davlatlariga hozirgi sinovlarni munosib yengib o‘tishda yordam berishini bildirdi.

Top