11:09 / 18.12.2020
5935
«TikTokerlar»ni cheklash emas, ularga imkoniyat berish kerak» - Ortiqxo‘jayev

Tashkent city’da joylashgan Congress Hall majmuasida “Toshkent yoshlar forum - 2020” doirasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Unda ishtirok etgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev forumda TikTok yulduzlarining ishtirok etishi bo‘yicha berilgan savolga javob qaytardi.

“TikTok ham ijtimoiy tarmoqlar, internet olamining bir qismiga aylanib ulgurdi. Ularni cheklash emas, balki to‘g‘ri yo‘lga solishimiz kerak. O‘zbekiston demokratik davlat, bizga cheklash yarashmaydi. Ularni to‘g‘ri yo‘lga solsak, bugun arzimasdek ko‘ringan o‘sha yoshlar ertaga kerakli insonga aylanadi”, deya hokimning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, 18-21 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Toshkent yoshlar forum — 2020” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Top