08:30 / 19.12.2020
7966
Minerva City: kelajakni birgalikda quramiz!

Toshkent shahrida yangi tashkil etilgan Yangihayot tumani haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Hozir u yer katta qurilish maydoniga aylanib ulgurdi. Zamonaviy shaharlardan biri bo‘lishi kutilayotgan Yangihayotda 60 ming aholi istiqomat qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan. Butun bir shaharni qurish Hindistonning «MJ Developers» kompaniyasi zimmasiga yuklatildi.

Kompaniya asoschisi Murari Lal Jalan malakali va qo‘chmas mulk sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan tajribali jamoasi bilan birgalikda Minerva City loyihasini quryapti. Umumiy loyiha 7 yilga mo‘ljallangan. 100 gektar maydonda qurilish ishlari «shahar ichida shahar» konsepti asosida olib boriladi. Bu yerda golf maydonchasi, xalqaro universitet, o‘quv muassasalari, savdo markazlari, ko‘plab yashil hududlar va shinam premium xonadonlar quriladi.

Murari Lal Jalan

Turar joy majmuasi

Ko‘p qavatli uylarning 2 va 3 xonali xonadonlarini hozirdan xarid qilishingiz mumkin. Xonadonlar kengligi 55 kv.metrdan boshlanadi. Qurilishi rejalashtirilayotgan Iconic Towers egizak binolarida joylashadigan ushbu xonadonlar zamon talablariga mos loyihalashtiriladi. Biz xorij filmlarida ko‘rgan shinam xonadonlar endi o‘zimizda ham bo‘ladi. Xonadonlarda shaharning go‘zal manzarasini ko‘rsatuvchi balkon bo‘lishi ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, pentxaus (ikki qavatli xonadonlar)larni ham xarid qilish imkoni bo‘ladi.

Undan tashqari, turar joy majmuasi zamonaviy muhandislik tizimlari, hudud va binolarda yuqori darajadagi xavfsizlik va qo‘riqlanadigan yerosti avtoturargohi bilan ta'minlangan. Majmuaning hovlisida hordiq olish uchun qulay muhit yaratiladi.

Umume'tirof etilgan eko-prinsiplari bu yerda bo‘lishni nafaqat qulay, balki juda foydali qiladi – obektlarning 50-60 foizi yashil hududlardan iborat, bu esa sog‘lom turmush tarzini yuritishni xohlaydiganlar uchun juda muhim.

Tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar

Shaharda aholining zich istiqomat qilishi biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar uchun qator imkoniyat yo‘llarini ochadi. Minerva City'da biznes markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, turli tijorat binolarini ijaraga olib, tadbirkorlikni amalga oshirish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi.

Minerva City barchaning orzusidagi mukammal shahar bo‘lishi aniq. Farovon hayot, yorqin kelajak qurmoqchimisiz? Demak, Minerva City ko‘p yillik niyatingizni amalga oshirishga yordam beradi.

Telefon: 1145 

Ijtimoiy tarmoq sahifalari:

Veb-sayt: minervacity.uz

Facebook: fb.com/minervacityuz

Instagram: @minervacityuz

Telegram: t.me/themjdevelopers

Reklama huquqi asosida

Top