Toşkentdagi “Minerva city” va “Lake city” loyihalari investori – “MJ Developers” kompaniyasi asosçisi Murari Lal Jalan oldinroq Kun.uz'ga intervyu berib, loyihalarni amalga oşiriş uçun ajratilgan hududning olib qöyilişini Toşkent şahar hokimining talabini bajarmagani bilan boğlagandi. Şahar hokimligi bunga munosabat bildirib, uning sözlarini davlat xizmatçisini obrösizlantiriş deb hisoblaşi va Boş prokuraturaga murojaat qilinişini ma’lum qilgandi.
Hind investori ustidan kiritilgan şikoyat böyiça Boş prokuratura ötkazgan tekşiruv davom etmoqda. Kun.uz muxbiri “MJ Developers” kompaniyasi bilan boğlanib, tekşiruv jarayoni haqida suhbatlaşdi.
Muxbir savollariga “MJ Developers” kompaniyasi menejyeri Beruniy Alimov javob berdi.
— 28 noyabrda Kun.uz'da “Minerva city” loyihasining investori bilan suhbat e’lon qilindi. Ayting-çi, köplab şov-şuvlarga sabab bölgan mazkur intervyu “MJ Developers” kompaniyasi va uning rahbari Murari Lal Jalanning Özbekistondagi faoliyati, amalga oşirayotgan va oşmayotgan loyihalariga ta’sir qildimi?
— “MJ Developers” kompaniyasining asosçisi Murari Lal Jalan bergan intervyu nafaqat Özbekiston, balki xorijdagi jamoatçilik vakillari, qolaversa, işbilarmon doiralarining diqqat-markazida böldi.
Intervyuda kötarilgan kompaniyaning Özbekistondagi faoliyati bilan boğliq qator murakkab masalalar taniqli iqtisodçi ekspertlarning va huquqşunoslarning ham turli xil munosabatlariga sabab böldi. Va öşa intervyuda ta’kidlanganidek, Buxoro va Namangan viloyatidagi loyihalar heç qanday tösiqlarsiz davom etmoqda. Faqatgina, hammamizga ma’lumki, Toşkentdagi ikkita loyiha – “Minerva city” va “Lake city” töxtab qolgan.
— Toşkent şahar hokimiyati intervyuni “davlat xizmatçisini obrösizlantirişga qaratilgan harakat” deya baholadi. Bu böyiça Boş prokuraturaga şikoyat kiritildi. Prokuraturadagi tekşiriş jarayonlari qanday keçdi? Ular nimalarni tekşirişdi va tekşiruv natijasi nima bilan tugadi?
— Darhaqiqat, intervyudan keyin Toşkent şahar hokimiyati tomonidan Boş prokuraturaga murojaat qilingandi. Bunday vaziyatda köpçilikning xayoliga bir narsa kelgandi: endi investorga bosim ötkaziladi. Ya’ni kompaniya faoliyati bilan boğliq turli kamçilik va nuqsonlarni izlaş, xususan, investorga nisbatan tekşiruvlar, turli qidiruv işlari boşlanadi, qandaydir ayblovlar qöyiladi, kompaniya bosim ostida qoladi, degan xavotirli öy-fikrlar yuzaga keldi. Albatta, bu kabi fikrlar nafaqat Kun.uz öquvçilarida, balki keng jamoatçilik vakillarida, kompaniya rahbariyati va işçilarida ham kuzatila boşlangan edi.












