09:17 / 24.12.2020
12980
Andijon shahriga vaqtinchalik hokim tayinlandi

Andijon shahriga vaqtinchalik hokim tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shu kungacha mazkur lavozimda ishlab kelayotgan Bahrom Haydarovning sog‘ligida muammo yuzaga kelgan. 

Viloyat hokimligidagi manbaning aytishicha, ayni vaqtda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Ibrohim Xolmatov Andijon shahriga vaqtincha hokim etib tayinlandi.

Ibrohimjon Xolmatov avval ham qisqa muddat Andijon shahar hokimi lavozimida ishlagan.

Top