Mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilinganidan so‘ng bu jazoni harbiy vaqtda qo‘llash huquqi saqlanib qoladi.
Qozog‘iston hukumati o‘lim jazosidan rasman voz kechdi. Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bu borada tegishli qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
Qozog‘istonda 2003 yilda o‘lim jazosiga moratoriy kiritilgandi.
Qozog‘iston o‘lim jazosidan voz kechish to‘g‘risidagi xalqaro paktga qo‘shilgan. Unga ko‘ra, mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilinganidan so‘ng bu jazoni harbiy vaqtda qo‘llash huquqi saqlanib qoladi.
Noyabrda Qozog‘istonda o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha protsedura boshlangandi.