02:53 / 04.01.2021
3417
La Liga. «Barselona» de Yongning goli evaziga autsayderni mag‘lub etib, 5-o‘ringa ko‘tarildi
Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionatining 17-turida «Barselona» mehmonda so‘nggi o‘rindagi «Ueska» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Frenki de Yongning yagona goli kataloniyaliklarga 3 ochko taqdim etdi.

«Barselona» ochkolarini 28taga yetkazib, 5-o‘ringa chiqib oldi. «Ueska» 12 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qoldi.

La Liga, 17-tur

Ueska – Barselona 0:1
3 yanvar, «El Alkoras»
Gol: de Yong (27).
Ueska – Alvaro Fernandes, Insua, Pulido (Xuan Karlos, 72), Galan, Siovas, Seoane (Ferreyro, 72), Mikel Riko (Dumbiya, 65), Serxio Gomes (Okadzaki, 72), Moskera, Ontiveros, Rafa Mir. 
Barselona – ter Stegen, Arauxo, Dest (Mingesa, 75), Alba, Langle, Buskets (Pyanich, 75), de Yong, Pedri, Dembele, Messi, Breytueyt (Grizmann, 81).
Ogohlantirish: Ontiveros (84).

Top