16:08 / 20.01.2021
8504
Qozog‘istonda koronavirus yuqtirish holatlari soni o‘smoqda

Mamlakat bo‘yicha kasallik yuqtirganlar soni 171 232 nafarni tashkil etmoqda.

Foto: Anadolu Agency

Qozog‘istonda bir sutkada 1134 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Shu bilan birga 948 kishi sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 155 397 nafarga yetgan.

Mamlakat bo‘yicha kasallik yuqtirganlar soni 171 232 nafarni tashkil etmoqda.

Yanvar o‘rtalarida Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi mahalliy vaksina QazCOVID-in’ni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazdi.    

 Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Nurlibek Asilbekovning ma'lum qilishicha, yaqin orada Rossiyada ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top