10:29 / 21.01.2021
14762
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, prezident hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 21 yanvar kuni Buxoro viloyatiga yo‘l oldi.

Safar davomida agrosanoat, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, tibbiyot sohalaridagi korxonalar, shahar va tumanlardagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.

Top