Qayd etilişiça, Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Mahmud Istamov Buxoro viloyatining prokurori lavozimida iş boşladi.

Mahmud Istamov 1979 yilda tuğilgan, Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi – huquqşunos. Mehnat faoliyatini 2000 yilda Adliya vazirligida katta maslahatçisi lavozimida boşlab, bir qator mas'ul lavozimlarda, 2006-2014 yillarda Özbekiston prezidenti devoni inspektori, yetakçi inspektori, 2014-2019 yillarda Özbekiston prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qiliş şu'basi mudiri, Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunçilik şu'basi mudiri, Özbekiston adliya vazirining örinbosari, birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 

U 2019 yil 23 iyuldan Markaziy saylov komissiyasi raisining örinbosari lavozimiga saylangan.

Eslatib ötamiz, şu kunga qadar adliya katta maslahatçisi Dilşod Fayziyev Buxoro viloyati prokurori lavozimida işlab kelayotgandi. U qaysi işga ötkazilgani hozirça noma'lum.