15:00 / 21.01.2021
2307
Stomatologiya instituti Finlandiyaning nufuzli universiteti bilan tashkil etilgan xalqaro ilmiy jurnalning ilk soni nashr etildi

Oliy ta'lim muassasalari orasida hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot, izlanishlar natijalarini almashinish va dunyo miqyosida o‘zbek tibbiyoti nufuzini oshirish maqsadida Toshkent davlat stomatologiya instituti va Finlandiyaning JAMK universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Medicine and innovations» ilmiy-amaliy jurnalining ilk soni mushtariylarga taqdim etildi.

Jurnal konsepsiyasi ilg‘or mahalliĭ va chet el ilmiĭ va tibbiĭ bilimlarini targ‘ib qilish va tarqatish, yangi tibbiyot texnologiyalar bŭlimi-fundamental tadqiqotlar va ilmiĭ-amaliĭ tibbiyot ŭrtasidagi informatsion bog‘liqlikni ta'minlashga asoslangan.

Jurnalning 1-soni umume'tirof etilgan xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazasi RINs va O‘zbekiston Oliy Attestatsiya qo‘mitasi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, joriy yilda Scopus va Web of science a'zolikka qabul qilish yuzasidan ro‘yxatdan o‘tmoqda.

«Medicine and innovations» jurnalining ushbu sonidagi qirqqa yaqin maqolalar COVID-19'ga bag‘ishlangan bo‘lib, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning ushbu og‘ir kasallikni tashxislash, davolash va profilaktika qilish yo‘llarining dolzarb masalalariga qaratilgan.

Jurnal tahririyati O‘zbekiston, Finlandiya, Angliya, Italiya, Chili, Yaponiya, Rossiya, Koreya, Belorussiya va Qozog‘iston davlatlarining 28 nafar yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarining professorlaridan iborat.

«Medicine and innovations» jurnalining tahririyati yosh tadqiqotchilar, magistratura talabalari va doktorantlarning, tibbiyot, stomatologiya va farmakologiya yo‘nalishlarida yangi g‘oyalarni ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq etishda erishilayotgan natijalarni chop etishga, mualliflarni tibbiyot olamida munosib ŭrin egallash uchun barcha kuchini ishga soladi.

Barcha mualliflarni hamkorlikni davom ettirish uchun taklif qilamiz, qiziqarli va dolzarb maqolalarni kutib qolamiz.

Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati

Top