17:36 / 22.01.2021
12064
Prezident Buxoro shahrida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi

Davlat rahbari Buxoro shahrining Nizomiy mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ilgari bu hududda pana-pastqam, kanalizatsiyasi yo‘q uylar bo‘lib, shahar ko‘rkini buzib turgan. O‘tgan yili bu yerda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etildi.

Shavkat Mirziyoyev mehnat faxriysi Ne'mat Xotamov xonadoniga kirdi. Dasturxon atrofida suhbat bo‘ldi.

“Bu oila oldin shu mahalladagi eski uyda istiqomat qilar edi. Endi barcha ushbu zamonaviy mavzeda yashayotganidan rozi.

Prezident xalqimiz mana shunday zamonaviy sharoitlarda yashashga munosib ekanini ta'kidladi”, - deyiladi xabarda.

Shu yerda Buxoro viloyatida avtomobil yo‘llari qurish va ta'mirlash, Buxoro shahrida oqova suv inshootlari qurish, eski ko‘p qavatli uylar qiyofasini yangilash rejalari haqida axborot berildi.

Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Top