09:31 / 25.01.2021
2743
Isroil va BAA o‘zaro elchixonalar ochdi

BAA va Isroil hukumatlari ko‘p yillik ziddiyatdan keyin o‘zaro elchixonalar ochishga qaror qildi. 24 yanvarda Abu-Dabida Isroil elchixonasi ochildi. O‘z navbatida, BAA Isroil poytaxti Tel-Avivda elchixona ochishni ma'qulladi

BAAda Isroil elchixonasi ochilishi munosabati bilan ushbu davlatga isroillik diplomat Eytan Nae yetib keldi. Aynan u elchixonaga rahbarlik qiladi.

2020 yil 15 sentyabrda BAA va Bahrayn Isroil bilan munosabatlarni yaxshilash haqida kelishuv imzolagandi. Ushbu davlatlar Misr va Iordaniyadan keyin arab olamining Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 3- va 4-davlatlari bo‘ldi.

Ta'kidlash joiz, Isroil va BAA o‘rtasida 2020 yil avgustigacha o‘nlab yillar davom etgan ziddiyatga qaramasdan, ikki davlat maxsus xizmatlar liniyasi bo‘yicha ko‘p yillik hamkorlikka ega bo‘lgan.  

Top