09:04 / 25.01.2021
2800
Meksika prezidenti koronavirus yuqtirib oldi 
Foto: AP

Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador koronavirus yuqtirib olganini ma'lum qildi.  

“Sizga afsus bilan ma'lum qilaman, men koronavirusga chalindim. Belgilar kuchsiz va men davolanmoqdaman. Biz uddalaymiz”, deb aytgan Meksika rahbari.  

67 yoshli Lopes Obradorning ta'kidlashicha, u davlat ishlarini milliy saroydan kuzatib boradi. Uning aytishicha, 25 yanvarda uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbati belgilangan. Avvalroq Meksika rahbari rossiyalik hamkasbi bilan Rossiyada ishlab chiqilgan vaksinalarning Meksikaga yetkazilishi masalasini muhokama qilmoqchiligi ma'lum qilingandi. Jumladan, Meksikada “Sputnik V” vaksinasiga qiziqish bildirilmoqda. 

Meksikada bir necha haftadan beri aholi Pfizer va BioNTech kompaniyalarining vaksinasi bilan emlanmoqda.

Top