03:53 / 28.01.2021
1594
Kann kinofestivali may oyidan iyulga ko‘chirildi
Foto: Getty Images

2021 yil 11 maydan 22 maygacha o‘tishi kerak bo‘lgan 74-Kann kinofestivali iyul oyiga ko‘chirildi. Bu haqda kinofestivalning Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilindi.

Kinofestivalni 6-17 iyul kunlari o‘tkazish belgilandi.

Avvalgi 73-Kann festivali pandemiya sababli dastlab keyinroqqa ko‘chirilgandi. So‘ngra u 27 oktyabrda 3 kunlik qisqartirilgan dastur bo‘yicha o‘tkazilgan. Uning dasturiga kiritilgan filmlar 2020 yil kuzida o‘tgan Toronto, Dovill, Angulem, San-Sebastyan, Nyu-York, Pusan va Liondagi kinofestivallarda namoyish qilingan.

Festival direktori Terri Fremoning ma'lum qilishicha, joriy yildagi festival onlayn-formatda o‘tkazilmaydi. 

Kinofestival odatga ko‘ra har yil may oxirida Kanndagi Festivallar va kongresslar saroyida bo‘lib o‘tadi. Festival ilk bor 1946 yilda o‘tkazilgan.

Top