16:17 / 28.01.2021
4429
Portugaliya bosh vaziri mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat "dahshatli" ekanligini aytdi

27 yanvar kuni Germaniya Portugaliyaga harbiy shifokorlar guruhini jo‘natishini ma'lum qildi.

Foto: REUTERS/Rafael Marchante

Portugaliya hozirda koronavirus pandemiyasining "dahshatli davri"ni boshidan o‘tkazmoqda va vaziyat o‘nglanishi uchun bir necha hafta kerak bo‘ladi, dedi mamlakat bosh vaziri Antoniu Koshta TVI kanaliga bergan intervyusida.

"Xayolga berilmaslik va biz og‘ir davrda emasmiz deb o‘ylamaslik kerak. Biz bu davrni yana bir necha hafta boshimizdan kechiramiz", - dedi u va mamlakatdagi vaziyat shunchaki yomon emas, balki "dahshatli" ekanligini aytdi.

 Koshtaning so‘zlariga ko‘ra, hukumat rojdestvo paytida cheklovlarni yumshatganligi sababli vaziyat juda yomonlashgan. Shuningdek, Portugaliya hukumati Britaniyada aniqlangan yangi shtamm kasallik tarqalishini tezlashtirdi deb hisoblamoqda.

27 yanvar kuni Germaniya Portugaliyaga harbiy shifokorlar guruhini jo‘natishini ma'lum qildi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 669 mingga yaqin kishida koronavirus aniqlangan, 11,3 ming kishi vafot etgan.

Top